AsosiyDunyo

Parvez Musharrafga suiqasd uyushtirildi

Pokiston sobiq prezidenti Parvez Musharraf korteji harakatlanayotgan ko`prikda kuchli portlash yuz berdi. Huquqni muxofaza qilish organlarining bergan ma`lumotlariga ko`ra, suiqasd ortida mahalliy tolibonlarning qo`li bor. Bu haqda Vesti.ru nashri xabar bermoqda.

Nashrining yozishicha, siyosatchi jarohatlanmagan. Potrlash aynan Musharrafning shifoxonadan shahar tashqarisidagi uyiga ketayotgan chog`da sodir bo`lgan.

O`tgan oy Pokiston ichki ishlar vazirligiga Al-Qoida hamda pokistonlik toliblar tomonidan sobiq prezidentga suiqasd tayyorlanayotganiligi haqida xabar kelgan edi.  

Eslatib o`tamiz, 31 mart kuni Pokiston sobiq rahbari Parvez Mushsharafning ishini ko`rib chiqayotgan Islomobod maxsus sudi uni rasman davlat hiyonatida aybladi.

Ayblovga ko`ra, 2001 dan 2008 yilgacha Pokiston prezidenti lavozimida bo`lgan Musharraf 2007 yilda davlatga hiyonat qilgan. U mamlakatda Pokiston konstitusiyasi faoliyatini to`xtatib, favqulodda holat e`lon qilgan hamda oliy sud hakamlarini qamashni buyurgan. Pokiston qonuniga ko`ra, davlatga hiyonat uchun o`lim yoki umrbod qamoq jazosi qo`llaniladi. Davlatga hiyonat to`g`risidagi ish o`tgan yili hukumat tomonidan olg`a surildi.

    Boshqa yangiliklar