AsosiyJamiyat

TOShKENT-ChIMKENT AVTOBUSI QATNOVI 5 YaNVAR KUNI YO`LGA QO`YILADI

'TOShKENT-ChIMKENT AVTOBUSI QATNOVI 5 YaNVAR KUNI YO`LGA QO`YILADI'ning rasmi

O`zbekiston va Qozog`iston 5 yanvar kuni Toshkent-Chimkent-Toshkent yo`nalishi bo`yicha to`g`ridan-to`g`ri avtobus qatnovini yo`lga qo`yadi.

Shu kuni ilk reys amalga oshiriladi. Kelgusida har kuni ertalab soat 6dan 20gacha bir soat oraliqda muntazam reyslar yo`lga qo`yiladi. Avtobuslar “Toshkent” (O`zbekiston) va “Chimkent” (Qozog`iston) avtovokzallaridan qatnaydi.

"Ushbu marshrutning umumiy masofasi 145,2 km bo`lib, manzilga uch soatda etib boriladi. Avtobus va yo`lovchilar “G`ishtko`prik” (O`zbekiston) va "Jibek Joli" (Qozog`iston)" nazorat-o`tkazuv punktlari orqali o`tadi”, — deb ma`lum qildi O`zbekiston Avtomobil va daryo transporti agentligidagi manba.

Avtobus va yo`lovchilar hamda ularning yuklari bojxona va chegara punktidan navbatsiz, piyoda o`tuvchilar oqimidan alohida tartibda birinchi navbatda o`tkaziladi.

    Boshqa yangiliklar