2 nafar O`zbekiston fuqarosi Yangi yilga o`tar kechasi Tatariston prezidentining Qozondagi qarorgohiga kirishga urinishdi va ular qo`lga olindi, deb xabar berdi Prokazan.ru nashri.
Nashrning ma`lum qilishicha, Qozondagi Kremlda 1 yanvarga o`tar tunda o`zbekistonlik ikki shaxs qo`riqlash xizmati xodimlari tomonidan qo`lga olingan. Ular Tatariston prezidenti qarorgohiga yangi yilni nishonlash maqsadida kirmoqchi bo`lishgan.
- O`zbekistonning 41 va 44 yoshdagi ikki fuqarosi Tatariston Respublikasi prezidenti qarorgohi yonidagi to`siqdan oshib o`tgandan keyin qo`lga olindi. Ushbu shaxslarning so`zlariga ko`ra, ular “Gul bozorida” ishlashadi. Ular biror jinoyat sodir etishni rejalashtirishmagan, balki prezident qarorgohini ko`zdan kechirishni mo`ljallashgan, sababi bu erni avval ko`rishmagan ekan, - deya ta`kidlanadi xabarda.
Qayd etilishicha, ushbu holat bo`yicha surushtiruv ishlari davom ettimoqda






