1

GERMANIYaDA FACEBOOK TA`QIQQA UChRAShI MUMKIN

Hi-tech 03.01.2018, 16:55
GERMANIYaDA FACEBOOK TA`QIQQA UChRAShI MUMKIN

Germaniya Kartellar bo`yicha federal idorasi Facebook ijtimoiy tarmog`iga qarshi sanksiyalar joriy qilinishini istisno etmayapti. Bu haqda idora rahbari Andreas Mundt ma`lum qildi, deya xabar qildi BELTA.

Facebookning o`z foydalanuvchilari ma`lumotlarini ularni xabardor etmasdan to`plashda ayblangani monopoliyaga qarshi kurashish mahkamasi tomonidan tergov harakatlari boshlanishiga sabab bo`lgan.

“Ko`ramiz, Facebook bizning tanqidlarimizga qanday munosabat bildirar ekan, – degan Mundt. – Idoraning kelgusi harakatlari shundan kelib chiqib o`ylab ko`riladi. Yoki Amerika kompaniyasi o`z echimini taklif etadi, yoki Germaniya aksilmonopol idorasi “foydalanuvchilarning uzil-kesil roziligisiz uchinchi manbalardan ma`lumotlarni to`plash va foydalanish”ni ta`qiqlaydi”.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1