O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Rayhon G`anieva uchun 2018 yil yana bir muhim tadbir bilan boshlanadi...
Gap shundaki, xonanda uzoq vaqtdan buyon o`tkazilib kelinayotgan, nufuzli xalqaro mukofotlardan biri "Oltin Panterra” taqdirlash marosimida ishtirok etadi. Mazkur taqdirlash marosimida shou- biznes vakillaridan xalq orasida ko`p tilga tushgan xonandalar qatnashib, bir necha talabgorlar ichidan eng mashhurlari g`olib bo`lishadi. Rayhon G`anieva esa O`RTA OSIYoNING ENG YaXShI QO`ShIQChISI deb tan olingan. Taqdirlash marosimi 2018 yilning 25 fevral Amerika Qo`shma Shtatlarining Nyu York shahrida bo`lib o`tadi. Ma`lumot sifatida aytib o`tish kerakki, mazkur nufuzli taqdirlash marosimida qirqqa yaqin davlat vakillar bo`y ko`rsatishadi. Ushbu tadbir tafsilotlari bilan bizda tanishib borishingiz mumkin.