Rossiyaning Barnaul shahrida yashovchi erkak o`g`liga esda qolarli bayram uyushtirishga qaror qildi, deb xabar berdi Lenta.ru nashri.
U o`g`li bilan supermarketning bolalar o`yinlari xonasiga yashirinib oldi. Tunda muassasa yopilgandan keyin ota-bola savdo markazidagi attraksionlarda xursandchilik qilishdi. Ularning hatti-harakatlarini kuzatuv kamerasi qayd etdi. Mazkur voqeaga savdo markazi rahbariyati qanday munosabat bildirgani haqida ma`lumot berilmadi.






