1

ChET ELGA ChIQISh PASPORTI QAChON JORIY ETILIShI MA`LUM QILINDI

Jamiyat 04.01.2018, 12:03
ChET ELGA ChIQISh PASPORTI QAChON JORIY ETILIShI MA`LUM QILINDI

O`zbekiston Prezidentining 2017 yil 16 avgustdagi “O`zbekiston Respublikasi fuqarolarini chet elga chiqish pasportini joriy etish to`g`risida”gi Farmoniga asosan 2019 yilning 1 yanvar kunidan O`zbekiston fuqarolariga chet elga chiqishlari uchun “chet elga chiqish pasporti” joriy etiladi.

Ushbu chet elga chiqish pasporti bilan xujjatlashtirilgan O`zbekiston fuqarolariga chet elga chiqish ruxsat yozuvi talab etilmaydi.

O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi Kodeksning 223-moddasi 1-qismida pasporti shart bo`lgan fuqaroning pasportsiz yoki haqiqiy bo`lmagan pasport bilan, vaqtincha yoki doimiy propiskasiz yashashi, pasportni qasddan yaroqsizlantirishi, shuningdek pasportni beparvolik bilan saqlashi va buning oqibatida pasportni yo`qolishi eng kam ish haqining yarim baravaridan uch baravarigacha miqdorida jarima solishga sabab bo`lishi belgilangan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1