1

O`ZBEKISTONDA SAYYoHLAR UChUN YaNGI AVTOBUS YO`LGA QO`YILDI

Jamiyat 04.01.2018, 12:25
O`ZBEKISTONDA SAYYoHLAR UChUN YaNGI AVTOBUS YO`LGA QO`YILDI

Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi hamda “O`zavtosanoat” AK hamkorligida ishlab chiqarilgan xorijiy va mahalliy sayyohlar uchun mo`ljallangan shahar ichki yo`nalishidagi SAZ HD 50 rusumli avtobus faoliyati yo`lga qo`yildi, deya xabar berdi qo`mita matbuot xizmati.

Mazkur transport sayyohlar uchun barcha qulayliklarga ega bo`lib, xavfsizlik nuqtai nazaridan mukammal ishlangan. Avtobusda kondisioner, televizor, wi-fi, internet, mikrofonlar mavjud bo`lib, har bir o`rindiq xavfsizlik kamarlari bilan jihozlangan. Shuningdek, avtobusda videokamera ham o`rnatilgan bo`lib, bu esa sayyohlarning xavfsizligini yanada ko`proq ta`minlashga xizmat qiladi.

Bundan tashqari, 2018 yilning birinchi choragida, MAN avtozavodi bilan hamkorlikda shaharlararo avtobus ishlab chiqarish ham rejalashtirilgan bo`lib, bularning barchasi mahalliy va xorijiy sayyohlarga qulay sharoitlar yaratish hamda turizm sanoatini yanada rivojlantirish uchun mo`ljallangan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1