2 yanvar kuni kechqurun Sankt-Peterburgda O`zbekiston fuqarosi qattiq mast holatida tez tibbiy yordamni chaqirgan. Voqea joyiga etib kelgan tez yordam shifokorlari 1995, 1992 va 1993 yilda tug`ilgan uch nafar O`zbekiston fuqarolarining zaharlanganini aniqlashgan.
Ulardan bir nafarining hayotini shifokorlar saqlab qola olmagan. 25 yoshli O`zbekiston fuqarosi etil spirtidan og`ir zaharlanish oqibatida vafot etgan. Qolgan ikki nafari shifoxonaga yotqizilgan. Ularning birining ahvoli og`ir, deb baholanmoqda, ikkinchisi esa komaga tushib qolgan.