1

Malayziya Boingining qidiruv ishlari suv ostiga ko`chdi

Dunyo 04.04.2014, 11:09
Malayziya Boingining qidiruv ishlari suv ostiga ko`chdi

Malaysia Airlines aviakompaniyasiga tegishli yo`qolgan laynerining xalqaro qidiruv ishlarida qatnashayotgan vakillar 4 apreldan samolyot qora qutisining suv ostida izlashni boshlashdi. Bu haqda CNN telekanali xabar bermoqda.

Avstraliyadagi qidiruv markazi bergan ma`lumotlarga ko`ra, qidiruv ishlarida 14 ta samolyot hamda 9 ta kema ishtirok etmoqda. Tinch okeani janubidagi qidiruv maydoni 217 ming kvadrat kilometrni tashkil etmoqda. 

Shuningdek, qidiruv ishlarida Britaniya harbiy-dengiz kuchlarining Echo va Avstraliyaning Ocean Shield gidrografik kemalari qatnashadi. Suv osti kemalar samolyotning o`zi yozar apparatini izlashadi. Buroq bu uskuna akkumlyatori elektr quvvatisiz tahminan 30 kun signal berishi mumkin. Aviahalokat esa 8 mart kuni sodir bo`lgan.

Xabar qilinishicha, Avstraliyaning Ocean Shield suv osti kemasi ulkan TPL-25 mikrofoni hamda okean tubida qidiruv ishlarini amalga oshira oladigan Bluefin-21 roboti bilan jihozlangan.  

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1