9-27 yanvar kunlari Xitoyda o`tkaziladigan 23 yoshgacha futbolchilar o`rtasidagi Osiyo chempionatida o`zbekistonlik hakamlar ham ish olib borishadi.
Jumladan, Ravshan Ermatov, Valentin Kovalenko, Ilgiz Tantashev, Abduhamidullo Rasulov, Jahongir Saidovlar mazkur musobaqada ishlash uchun taklif etilishgan. Ular ertaga kechki payt Xitoyga yo`l olishadi.
Bundan tashqari, o`zbekistonlik FIFA instruktori Farhod Abdullaev ushbu musobaqaga hakamlar yo`riqchisi sifatida taklif etilgan.






