1

Ucell xizmat narxlarining navbatdagi qimmatlashishi haqida ma`lum qildi

Jamiyat 04.04.2014, 13:07
Ucell xizmat narxlarining navbatdagi qimmatlashishi haqida ma`lum qildi

Ucell mobil aloqa operatori 15 apreldan boshlab Prepaid tizimidagi tarif narxlarga o`zgarishlar kiritilganini ma`lum qildi.

Unga ko`ra, "Oddiy" tarifidagi abonentlar uchun O`zbekiston bo`yicha chiquvchi SMS, shuningdek tarmoq ichidagi chiqish qo`ng`irog`i daqiqasiga hozirgi $0.01 o`rniga $0.02dan narxlanadi.

"Oson hisob" tarifida O`zbekiston bo`yicha barcha chiquvchi qo`ng`iroqlarning daqiqasi hozirgi $0.02 o`rniga $0.025 etib belgilanadi.

"GAP" tarifi abonentlari tarmoq ichida chiqish qo`ng`iroqlarining 2chi va undan keyingi daqiqalari uchun $0.01 o`rniga $0.02 to`laydilar.

Avvalroq Ucell mobil aloqa operatori 4 apreldan mazkur tizim tarif rejalarida kundalik abonent to`lovi oshganligini ma`lum qilgan edi.

Bugundan "Erkin suhbat", "Oddiy", "Gap", "Yanada ko`p suhbat", "Online", "Oson hisob" tarif rejalarida kundalik abonent to`lovi $0.04 tashkil qiladi. Avvalroq mazkur tariflarda abonent to`lovi  $0.03 edi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1