1

Mirjalol Qosimov «Bunyodkor» bosh murabbiyi lavozimini tark etdi

Sport 04.04.2014, 17:55
Mirjalol Qosimov «Bunyodkor» bosh murabbiyi lavozimini tark etdi

Bugun Toshkentning "Bunyodkor" klubi bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov o`z vazifasidan ketdi.

“Bunyodkor” futbol klubi rasmiy saytining xabar qilishicha, endi Mirjalol Qosimov bor e`tiborini O`zbekiston terma jamoasiga qaratadi. Aynan shu sababga ko`ra, u klubdagi faoliyatini yakunlashga qaror qilgan.

“O`FF terma jamoalar markazi milliy terma jamoamiz Osiyo Kubogi-2015da munosib ishtirok etish uchun tayyorgarlik rejasiga ega va uni amalga oshirish yo`lida barcha sharoitlarni yaratishga qodir. O`z navbatida bosh murabbiy faqat terma jamoada ishlashi va butun e`tiborini munosib tayyorgarlikka qaratishi maqsadga muvofiq. Shu tariqa Mirjalol Qosimov futbolimiz mutasaddilari qaroriga ko`ra faqat terma jamoalar markazida faoliyat yuritadi va bor e`tiborini mamlakatimiz bosh jamoasiga qaratadi”,- deyiladi klub rasmiy saytida qoldirilgan xabarda.  

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1