AsosiyDunyo

GRUZIYa SUDI SAAKAShVILINI SIRTDAN UCh YILGA OZODLIKDAN MAHRUM ETIShGA HUKM ChIQARDI

'GRUZIYa SUDI SAAKAShVILINI SIRTDAN UCh YILGA OZODLIKDAN MAHRUM ETIShGA HUKM ChIQARDI'ning rasmi

Tbilisi shahridagi sud Gruziya sobiq prezidenti va Ukrainaning Odessa oblasti sobiq gubernatori Mixail Saakashviliga nisbatan «davlat-siyosiy lavozimlarni egallab turgan shaxslarning xizmat vakolatlarini suiiste`mol qilish» moddasi bo`yicha ayblov qo`ydi, deb xabar berdi Ntv.ru nashri.

Mixail Saakashvili bankchi Sandro Girgvlianining o`ldirilishi yuzasidan ochilgan jinoyat ishi bo`yicha sirtdan uch yilga ozodlikdan mahrum qildi.

Ta`kidlanishicha, Saakashvili Gruziya prezidenti bo`lgani holda, 2008 yilda Gruziya IIVning konstitusiyaviy xavfsizlik departamenti xodimlari jazo muddatini qisqartirgan. Ular esa Girgvlianining o`ldirilishida ayblangan.

Biroq Mixail Saakashvili o`zining aybini tan olmay, Gruziya sudining hukmini noqonuniy, deb hisoblashini ma`lum qildi.

Eslatib o`tamiz, Mixail Saakashvili 2008 yildan to 2013 yilga qadar Gruziya prezidenti lavozimida xizmat qilgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar