AsosiyJamiyat

O`ZBEKISTONDA NOQONUNIY FORMA KIYIB YuRISh UChUN JARIMA QO`LLANADI

'O`ZBEKISTONDA NOQONUNIY FORMA KIYIB YuRISh UChUN JARIMA QO`LLANADI'ning rasmi

Ayrim davlat organlari faoliyati takomillashtirilishi, shuningdek fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini himoya qilish kafolatlarini ta`minlashga doir qo`shimcha chora-tadbirlar qabul qilinishi munosabati bilan O`zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish to`g`risidagi O`RQ-456-son Qonun bilan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar xodimlarining formali kiyim-boshini qonunga xilof ravishda kiyib yurish uchun ma`muriy javobgarlik belgilandi. Bu haqda Adliya vazirligining telegramdagi kanalida ma`lumot berilgan.

Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeks 209-1 moddasi bilan to`ldirilgan. Modda vazirlik, idora va tashkilotlar formasini noqonuniy kiyib yurishga qarshi choralarni belgilaydi.

Endilikda, tasdiqlangan namunadagi harbiy, idoraviy va maxsus formali kiyim-boshni bunday huquqqa ega bo`lmagan shaxslar tomonidan kiyib yurish formali kiyim-boshni musodara qilib, eng kam ish haqining 2 baravaridan 5 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar