Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Xitoyning Shanxay universiteti bilan hamkorlikda poytaxtimizda xalqaro biznes maktabini ochadi. Bu haqda “Jahon” axborot agentligi xabar tarqatdi.
Mazkur muassasa JIDU tarkibida tashkil qilinadi. U erda akademik standartlarga mos ta`lim olish dasturi hamda Shanxay universiteti bakalavri va magistri darajasiga ega bo`lish imkoniyati taqdim etiladi. Tadqiqotlar olib borish va biznes vakillariga start-aplarini har tomonlama qo`llab-quvvatlash borasida konsultasiyalar berish ham ushbu dargohning asosiy vazifalari qatoriga kiritildi. Bu boradagi muhim kelishuv shu yilning birinchi yarim yilligida imzolanishi kutilmoqda. Shuningdek, universitetda Xitoy tadqiqotlari ilmiy laboratoriyasi o`z faoliyatini boshlashi rejalashtirilgan.
Shanxay xalqaro tadqiqotlar universitetida esa Alisher Navoiy nomidagi O`zbekistonni o`rganish markazi ta`sis etish bo`yicha kelishuvga erishildi.






