1

Yo`qolgan Boeing signali tutildi

Dunyo 07.04.2014, 11:52
Yo`qolgan Boeing signali tutildi

Avstraliyaning Ocean Shield harbiy-dengiz kuchlari kemasi 1 oy avval yo`qolgan Malaysia Airlines aviakompaniyasining layneriga tegishli signalni tutgan bo`lishi mumkin.   

Avstraliya harbiy kemasining gidroakustik mayakni aniqlovchi qurilmasi samolyot qora qutisi yuborayotgan signallarni tutdi,- deya ma`lum qildi Avstraliya koordinasion markazi rahbari Angum Xyuston. 

Uning so`zlariga ko`ra, signal qidiruv hududining shimoliy qismida tutilgan. Qurilma ushlagan signal ikkita bo`lib, birinchisi bir soat, ikkinchisi esa 13 daqiqa davom etgan. 
Angum Xyustonning qayd etishicha, ushbu signallar yo`qolgan Boeing qora qutisiga tegishli ekanligini tasliqlovchi dalillar hozircha yo`q. “Biz dalil sifatida samolyot bo`laklarini ko`rsatishimiz lozim”,- deydi Xyuston. Shuningdek, u qora qutidan boshqa qurilmalar tutilgan chastotatada signal bera olmasligini ta`kidadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1