AsosiyJamiyat

TURIZM DAVLAT QO`MITASI: SAYYoHLAR YaNGI YILNI FAOL BOShLAShDI

'TURIZM DAVLAT QO`MITASI: SAYYoHLAR YaNGI YILNI FAOL BOShLAShDI'ning rasmi

Muhtaram Prezidentimiz tomonlaridan yurtimizda yangi yil bayramini yanada ko`taringi kayfiyatda o`tkazish va dam olish uchun qo`shimcha shart-sharoitlar yaratish maqsadida e`lon qilingan 5 kunlik dam olish davri - “Oltin haftalik” sifatida Buxoro aholisining ham quvonchiga quvonch qo`shdi.

Turizmni rivojlantirish qo`mitasi tomonidan ishlab chiqilgan chora-tadbirlar asosida “O`zbekiston bo`ylab sayohat qil” shiori ostida dam olish kunlari “O`zbekiston havo yo`llari” va “O`zbekiston temir yo`llari” kompaniyalari tomonidan yo`lovchilarga chegirmalar joriy etilganligi, shuningdek mehmonxona va rsetoranlarda 50 foizgacha masxus chegirmalar e`lon qilinishi Buxoroga sayohatchilar oqimini yanada oshirdi.

Viloyatda ish olib borayotgan ijodkor guruhlari Toshkent shahri, Farg`ona, Samarqand, Surxondaryo va Navoiy viloyatlaridan Buxoroga sayohatga kelgan ko`plab yurtdoshlarimiz bilan uchrashib ularning bu yilgi bayram tadbirlarini yangicha tashkil etilganligi, mroqli dam olish va sayohatga chiqish bo`yicha avvallari bo`lmagan keng imkoniyatlar joriy etilganligini mamnuniyat bilan e`tirof etishmoqda.

Mehmonxona va restoranlar vakillari esa sayohlar oqimi ko`payishidan mamnun bo`lib, avvalgi yillarda shu davrda mijozlarning keskin kamayishi oqibatida ishchi-xodimlariga ta`til berishga majbur bo`lishlarini, endilikda esa ularning to`liq quvvatda ishlashlari imkoniyatlari paydo bo`lganligini ma`lum qilishmoqda.

Yangi yil bayramining dam olish kunlari Buxoro viloyatining aholisi, jumladan Buxoro shaharidagi neft va gaz sanoati, politexnika, turizm va tibbiyot kollejlari, Qorako`l, Peshko` va Romitan tumani maktablarining yuzlab o`qituvchi-murabbiylari ham madaniy-meros ob`ektlari va ziyoratgohlarga sayohatga chiqishdi.

Buxoroda Yangi yil bayrami shukuhi va maroqli sayohatlar davom etmoqda.

Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi Matbuot xizmati

    Boshqa yangiliklar