AsosiyJamiyat

SAMARQANDLIK 3 BOLALI AYoL BOShPANAGA EGA BO`LDI

'SAMARQANDLIK 3 BOLALI AYoL BOShPANAGA EGA BO`LDI'ning rasmi

Ba`zida sudning adolatli hukmi ham fuqarolarning muammosini hal qilmagan holatlar uchrab turadi. Bunga asosiy sabab, ushbu qaror amalda o`z ifodasini topmasdi.

Darhaqiqat, adolatli ajrim bo`lsa-yu, ammo ba`zi fuqarolar uni amalga oshirishdan bo`yin tovlasa, uning haqqoniyligi jabrlanuvchiga foyda bermaydi. Xuddi shunday holatni Samarqand shahridan Xurshida Ma`rupova misolida ko`rish mumkin.

Oiladagi kelishmovchiliklar sabab X.Ma`rupova bundan bir necha yil avval turmush o`rtog`i bilan ajrashadi. Ammo yashaydigan joyi bo`lmagani uchun uch nafar voyaga etmagan farzandi bilan sarson-sargardon bo`ldi. 2013 yilda sud qaror chiqarib, unga sobiq turmush o`rtog`ining uyidan joy ajratdi. Biroq shu paytga qadar ayol uyga kirolmay kelayotgandi. Bu orada oiladagi ba`zi kelishmovchiliklar o`zaniga tushdi, o`zaro kelishuv ham bo`ldi. Ammo bir necha yil o`tgach, ayol yana huquq muhofazachilari himoyasiga muhtoj bo`ldi. Ushbu vaqt oralig`ida sud ijrochilari tomonidan etti marotaba talabnoma berilgan. Ammo ma`lum sabablarga ko`ra, sud qarori amalda o`z ifodasini topmay kelayotgan edi.

2017 yilning oktyabr oyida Majburiy ijro byurosi aralashuvi tufayli ayol uch nafar voyaga etmagan farzandi bilan boshpanaga ega bo`ldi. Endilikda u farzandlari bilan qaynotasining xonadonidan ajratilgan uyda istiqomat qilmoqda. Muhimi, barchasi o`zaro kelishuv va janjallarsizamalga oshirildi.

Xudoyberdi TOYIROV,

Majburiy ijro byurosi Samarqand shahar

bo`limi davlat ijrochisi

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar