O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi tizimida yangi rahbarlar tayinlandi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar berdi.
Xususan, Toshkent viloyati sog`liqni saqlash boshqarmasi boshlig`i lavozimiga To`raqul Arziqulov tayinlangan. Bundan avval u Sog`liqni saqlash vazirligining Respublika Shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Toshkent viloyati filiali direktori lavozimida ishlab kelgan.
Shuningdek, Qashqadaryo viloyati Sog`liqni saqlash boshqarmasi boshlig`i ham o`zgardi. Bu lavozimda ilgari Kitob tumani tibbiyot birlashmasi boshlig`i sifatida ishlab kelgan Doniyor Tursunov ish olib boradi.






