Guruhimizning faol ishtirokchisi 1-guruh nogironi Muhammad Shakur Surxondaryo viloyati hokimi Erkinjon Turdimov tomonidan e`lon qilingan Telegram raqamiga murojaat etib, mahallasi bir vaqtlar gaz bilan ta`minlanganini, keyin esa quvurlarga gaz kelmay qolgani, ko`chadagi quvurlar mahalliy fermer tomonidan kesib olib ketilganini, natijada mahallaga gaz etkazishni tiklash hozirda mumkin bo`lmay turganini bildirdi. Bu haqda Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining Feysbukdagi sahifasida keltirilgan.
Natijada ushbu holat mas`ullar tomonidan tekshirildi hamda mavjud muammoni bartaraf etish bo`yicha vazifalar belgilandi.
Endi bu holat o`zining ijobiy echimini topadi, degan umidni bildirib qolamiz va barcha viloyatlar hokimlari va bloggerlari uchun o`rnak bo`ladi, degan tilakni bildirib qolamiz.
Maxsus muxbir
Mo``tabar Nurmuhammedova






