Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari Sergeli tumanidagi ko`p qavatli uyning lifti ichida qolib ketgan fuqarolarni qutqarib olishdi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, 5 yanvar kuni soat 05:06 da Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi navbatchi dispetcheriga texnik nosozliklar tufayli Sergeli-5 dahasidagi ko`p qavatli uyning lifti to`xtab qolganligi, lift ichida esa besh nafar kishi qolib ketganligi ma`lum qilingan.
“Qutqaruvchilar zudlik bilan aytilgan manzilga etib borib, 3- va 4-qavatlar orasida to`xtab qolgan lift ichidan fuqarolarni chiqarib oldilar. Qutqaruvchilarning o`z vaqtida ko`rsatgan yordamlari natijasida hech kim jabrlanmadi”, deyiladi xabarda.
l

07.01.2018 17:38
LIFT IChIDA QOLIB KETGANLAR QUTQARIB OLINDI






