ANDIJONDA BIR OILA PIChOQLAB KETILDI

Jinoyat 08.01.2018, 09:41
ANDIJONDA BIR OILA PIChOQLAB KETILDI

2017 yil 30 dekabr kuni Andijon viloyatining Xo`jaobod tumanidagi kottejlarning birida ijarada turgan ayol, uning 6 oylik go`dagi, 3 yoshli bolasi va singlisi — jami 4 nafar odam o`ldirib ketilgan. Bu haqda «Xabar.uz» o`z manbalariga tayanib ma`lum qildi.

Aniqlanishicha, dastlab gazdan zaharlanish deb aytilgan, ammo keyinchalik ma`lum bo`lishicha, hammasi pichoqlangan va gaz ochib yuborilgan. Taxminlarga ko`ra, gaz jinoyat izlarini yashirish va yong`in keltirib chiqarish uchun yoqib ketilgan bo`lishi mumkin.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1