AsosiyJamiyat

2018 YILNING BIRINChI HAFTASIDA 97 KIShI YO`L-TRANSPORT HODISASI OQIBATIDA ShIFOXONAGA TUShDI

'2018 YILNING BIRINChI HAFTASIDA 97 KIShI YO`L-TRANSPORT HODISASI OQIBATIDA ShIFOXONAGA TUShDI'ning rasmi

O`tgan haftada O`zbekistonda 99 yo`l-transport hodisasi sodir etilgan. Ularda 97 nafar fuqaro turli darajada tan jarohati olgan. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yo`l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi matbuot xizmati xabar tarqatdi.

2017 yilning oxirgi haftasida esa 196 yo`l-transport hodisasi tufayli 196 fuqaro jabrlangan edi.

2018 yil 1-7 yanvar kunlari yo`l-patrul xizmati inspektorlari tomonidan jami 63 ming 410 qoidabuzarlik aniqlangan.

Eslatib o`tamiz, 2017 yilning 25-31 dekabr kunlari 70 ming 259 qoidabuzarliklar ro`yxatga olingan edi.

    Boshqa yangiliklar