O`zbekistonda har yili 1 million dona uyali telefon chiqariladi

Hi-tech 09.04.2014, 14:17
O`zbekistonda har yili 1 million dona uyali telefon chiqariladi

2018 yilgacha O`zbekiston mobil telefonlar ishlab chiqarishni 1 million donaga etkazmoqchi.

Ishlab chiqarishni oshirish bosqichma-bosqich amalga oshiriladi, deya xabar beradi Podrobno nashri. Joriy yilning yakuniga qadar mamlakatda 400 ming dona uyali telefonlar ishlab chiqarilishi belgilangan. 2015 yilda ularning soni 550 mingtani, 2016 yilda 700 mingtani va nihoyat 2018 yilda 1 million donani tashkil qiladi. Natijada 2018 yilda telefonlar ishlab chiqarish hajmi 2013 yilga nisbatan 3,9 barobar oshadi. 

Hozirda mamlakatimizda uyali telefonlarni ishlab chiqarish bilan mahalliy Artel va Xitoyning ZTE kompaniyalari shug`ullanadi. Ikkala kompaniya smartfonlarning zamonaviy turlarini o`zlashtirish hisobiga yaqin kelajakda ishlab chiqarish hajmini kengaytirishni o`z oldilariga maqsad qilib qo`yishgan.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1