1

Yuqori Chirchiqda 4-sinf o`quvchisi bo`yni bilan daraxtga osilgan

Jinoyat 11.01.2018, 15:58
Yuqori Chirchiqda 4-sinf o`quvchisi bo`yni bilan daraxtga osilgan

Toshkent viloyati Yuqorichirchiq tumani IIBga 2018 yilning 10 yanvar kuni soat 15.55da 4-sinf o`quvchisining bo`yin qismidan osilgani bo`yicha xabar kelib tushadi.

Xabarga ko`ra, Yuqorichirchiq tumani Arganchi hududida joylashgan Usmonobod mahallasi, Ko`xinur ko`chasida yashovchi, 12-maktabning 4-sinf o`quvchisi Barno Kamoliddin qizi Hasanova hovlisidagi gilos daraxtiga osilib qolgan.

Barnoning onasi Gulnoza Abdusalomovna Karimova uyi hovlisidagi gilos daraxtida bo`yni bilan osilib turgan qizini ko`rgan zahotiyoq uni qutqarib oladi.

Barno hovlida uynab gilos daraxti ustiga chiqadi va undagi arqonni olish harakatida bo`lib, ehtiyotsizlik oqibatida arqonga bo`yni bilan osilib qoladi. Onasining harakati evaziga Barno shifoxonaga olib kelinali va unga bu erda “mexanik asfiksiya” tashxisi qo`yildi.

Toshkent viloyati IIB Tergov boshqarmasi xabariga ko`ra, shifoxonaning jonlantirish bo`limiga yotqizilgan Barnoga hozirda to`liq tibbiy yordam ko`rsatilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1