AsosiyJamiyat

2017 yilning eng zo`r shaxmatchilari aniqlandi

' 2017 yilning eng zo`r shaxmatchilari aniqlandi'ning rasmi

O`zbekiston shaxmat federasiyasi Toshkentda 2017 yil yakunlariga va kelgusi yil vazifalariga bag`ishlangan mabuot anjumanini o`tkazdi, bu haqda Sports.uz nashri.

Hisobot tinglangach, ommaviy axborot vositalari xodimlari o`zlarini qiziqtirgan savollarga etarlicha javob oldi. So`ngra 2017 yilda eng yaxshi natijalarga erishgan sportchilar, hakamlar, murabbiylar, hududiy bo`linmalar va klublar taqdirlandi. "Milliy shaxmat tashkilotchisi" unvonini olgan jonkuyar insonlarga ham navbat etdi. Va albatta federasiya faoliyatini yoritishda faol ishtirok etgan jurnalistlar ham sovg`alardan bebahra qolmadi.

O`tgan yil O`zbekiston shaxmatchilarining yangi yutuqlari va yorqin muvaffaqiyatlari bilan yodimizda qoldi. Shaxmatchilarimiz maktab o`quvchilari o`rtasida o`tkazilgan Osiyo chempionatida 18 ta medalni, maktab o`quvchilari o`rtasidagi jahon chempionatida oltin medallarni, 16 yoshgacha bo`lgan shaxmatchilarning xalqaro shaxmat Olimpiadasida bronza medallarni qo`lga kiritishdi.

Ayollar orasida Sarvinoz Qurbonboeva xalqaro grossmeytr unvoniga sazovor bo`ldi.

13 yoshli Nodirbek Abdusattorov xalqaro grossmeystrlik normativlarini bajarib, katta muvaffaqiyatlarni qo`lga kiritdi. Uning shaxmat tarixida eng yosh grossmeytr nomiga sazovor bo`lishi ulkan yutuqdir.

Tadbir doirasida mamlakatimizning eng zo`r shaxmatchilari aniqlanib, ular turli nominasiyalar bo`yicha taqdirlanishdi.

Nodirbek Abdusattorov 2017 yil shaxmatchisi, deb tan olindi.

Eng zo`r shaxmatchi , deb Nodira Nodirjonova, 16 yoshgacha bo`lganlar orasidagi eng zo`r shaxmatchi deb Nodirbek Yakubboev, yoshlar orasida esa Gulruhbegim Tohirjonova, deb e`lon qilindi.

    Boshqa yangiliklar