AsosiyJamiyat

Toshkentda harbiy-vatanparvarlik festivali o`tkaziladi

'Toshkentda harbiy-vatanparvarlik festivali o`tkaziladi'ning rasmi

12 yanvar kuni soat 10.00 da O`zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan poytaxtimizning “Navro`z” istirohat bog`ida (mo`ljal: Anhor-Lokomotiv istirohat bog`i oldidagi Shayxontohur va Abdulla Qodiriy ko`chalari kesishgan joyda) “Armiya va yoshlar” deb nomlangan harbiy-vatanparvarlik festivali o`tkaziladi.

Mudofaa vazirligi matbuot xizmatining xabar qilishicha, festival dasturidan harbiy texnika va qurol-aslaha namoyishi, harbiy xizmatchilar va jangovar texnikalarning tantanali marsh bilan o`tishi, barcha kuch tuzilmalari harbiy orkestrlari va Qurolli Kuchlar Markaziy hamda Ichki ishlar va MXX Chegara qo`shinlari ashula va raqs ansambllari xonandalarining konsert dasturi, harbiy xizmatchilarning ko`rgazmali chiqishlari, dala oshxonasi faoliyati o`rin olgan.

Shu bilan birga, sog`lom turmush tarzini targ`ib etish maqsadida uzoq masofaga yugurish aksiyasi o`tkaziladi.

Konsert dasturida estradamizning taniqli xonandalari ishtirok etadi.

    Boshqa yangiliklar