Joriy yilda tadbirkorlik va hunarmandlik sohalari rivojiga yo`naltiriladigan kreditlar miqdori oshiriladi.
Bu haqda poytaxtimizdagi “Ko`rgazma savdo markazi” majmuasida bank texnologiyalari, asbob-uskunalari va xizmatlari VII “BankExpo – 2014” milliy ko`rgazmasida so`z yuritildi.
Misol uchun, oilaviy tadbirkorlarni moliyaviy qo`llab-quvvatlashga 170 milliard, tadbirkor ayollarga 700 milliard, xizmat ko`rsatish va servis sohasi uchun 1 trillion so`m miqdorida kreditlar ajratiladi.
Bo`layotgan ko`rgazmaning asosiy yo`nalishi “Sog`lom bola yili” Davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosini ta`minlash, xususan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlari, oilaviy biznes, o`z tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida bo`lgan ta`lim muassasalari bitiruvchilari, uy mehnatini engillashtirish maqsadida xotin-qizlarga taklif etilayotgan bank xizmatlari bo`yicha ma`lumot va maslahatlar berishga qaratildi.





