AsosiySavol-javob

Psixolog bo`lishni istamayman. O`qishimni hamshiralik yo`nalishida davom ettirsam bo`ladimi?

'Psixolog bo`lishni istamayman. O`qishimni hamshiralik yo`nalishida davom ettirsam bo`ladimi?'ning rasmi

— Termiz davlat universitetining psixologiya fakultetidan Tibbiyot akademiyasining oliy hamshiralik fakultetiga o`tkazsa bo`ladimi?

Nozima Ibrohimova, Surxondaryo viloyati Termiz shahri

D.Nabiev, O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirining birinchi o`rinbosari:

— Mazkur masala Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 20 iyundagi 393-son qarori 3-ilovasida "Oliy ta`lim muassasalari talabalari o`qishini ko`chirish, qayta tiklash va o`qishdan chetlashtirish tartibi to`g`risida"gi Nizom talablari bilan tartibga solinadi. Oliy ta`lim muassasalari talabalari o`qishini ko`chirish, qayta tiklash va o`qishdan chetlashtirish tartibi, Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi va tasarrufida oliy ta`lim muassasalari bo`lgan vazirliklar va idoralar hamda oliy ta`lim muassasalarning saytlarida alohida ma`lumotlar bazasi tashkil etilgan.

Yuqorida nomi keltirilgan qaror talablariga ko`ra, Oliy ta`lim muassasalari talabalari o`qishini ko`chirish va qayta tiklashning umumiy qoidalari, jumladan, oliy ta`lim muassasalari talabalari o`qishini ko`chirish va qayta tiklashda oliy ta`limning mos va turdosh ta`lim yo`nalishlarini (mutaxassisliklarini) belgilash quyidagi mezonlarga asoslanadi:

  • ta`lim yo`nalishlarining (mutaxassisliklarining) nomlanishi bir xil bo`lganda bunday ta`lim yo`nalishlari (mutaxassisliklari) mos deb hisoblanadi;
  • oliy ta`lim muassasalari talabalari o`qishini ko`chirish va qayta tiklash uchun o`qishga kirishda sinov o`tkaziladigan fanlari tarkibi va ta`lim sohasi hamda o`qish muddati bir xil bo`lganda bunday ta`lim yo`nalishlari (mutaxassisliklari) turdosh deb hisoblanadi.

    Boshqa yangiliklar