O`zbek olimi, bioximik, akademik Shavkat Solihovga Xitoyning Pekin shahrida o`tkazilgan ilm-fan va texnika jabhasidagi davlat mukofotlari hamda “Ilm-fan va texnologiyalar sohasidagi xalqaro hamkorlik – 2017” nufuzli mukofoti sohibi bo`ldi.
Shavkat Solihovga ushbu davlat mukofotini XXR Davlat Kengashi Bosh vaziri Li Kesyan topirgan.
Marosimda Xitoy XXR Raisi Si Szinpin, Davlat Kengashi Bosh vaziri Li Kesyan, Siyosiy byuro a`zolari, Bosh vazir o`rinbosarlari ishtirok etdilar.
Tadbirda 7 nafar xorijlik olim xalqaro ilmiy-texnikaviy hamkorlikni rivojlantirishga qo`shgan hissasi uchun taqdirlangan.
O`zbek akademigi bilan birga amerikaliklar Edvard Palmer (fizik, Luiziana shtati universiteti professori), Chjan Suchen (Stenford universiteti nazariy fizika professori), Shi Yan (Garvard universiteti professori), Tomas Spanos (Rays universiteti professori), britaniyalik olim Filip Koates, shvesiyalik tadqiqotchi Chen Delyan singari taniqli mutaxassislar ham ushbu mukofotga sazovor bo`ldilar.






