Bir guruh olimlar shuni ta`kidlashmoqdaki, bugungi kunda odamlar ochlikdan emas, ko`proq semizlikdan vafot etishmoqda, deb yozmoqda Dreval.ru nashri.
O`tgan yili dunyoda 3 million nafar odam ortiqcha vazn tufayli dunyodan ko`z yumgan. Ochlik qurbonlari esa uch barobar kam qayd etilgan.
Lekin shunga qaramay, Afrikada to`yib ovqatlanmaslik voyaga etmaganlarning o`limiga asosiy sabab bo`lmoqda.







