AsosiyDunyo

Kim Chen In: “KXDR 100 yilda ham qiyinchilikka duch kelmaydi”

'Kim Chen In: “KXDR 100 yilda ham qiyinchilikka duch kelmaydi” 'ning rasmi

“KXDR dushmanlar 10 va 100 yilga sanksiya kiritgan taqdirda ham qiyinchilikka duch kelmaydi”, dedi Shimoliy Koreya prezidenti Kim Chen In davlat fanlar akademiyasi olimlari oldida chiqish qilish chog`ida. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

“Og`ir sinovlar sharoitida Koreya inqilobining g`alabasi sirlaridan biri shundaki, biz asosiy e`tiborni fan va texnikani rivojlantirishga qaratdik. Mustaqil milliy iqtisodiyot, ilmiy-texnik mutaxassislar va aqlli boshlar evaziga biz dushmanlar 10 va 100 yilga sanksiya kiritgan taqdirda ham qiyinchilikka duch kelmaymiz”, degan so`zlaridan iqtibos keltiradi Koreya markaziy telegraf agentligi.

Eslatib o`tamiz, 3 sentyabrda Shimoliy Koreya vodorod kallakli raketani sinovdan o`tkazgandi. Yaponiya va Janubiy Koreya harbiylari ushbu raketaning quvvatini 160 kilotonna deb baholashgandi. Bu 1945 yilda Yaponiyaning Xirosima shahriga tashlangan bombadan 10 baravar kuchliroq degani.

Shu bois BMT Xavfsizlik kengashi KXDRga nisbatan yangi sanksiyalar joriy etdi.

    Boshqa yangiliklar