AsosiyJinoyat

Yolg`on ma`lumot bergan fuqaro javobgarlikka tortildi

'Yolg`on ma`lumot bergan fuqaro javobgarlikka tortildi'ning rasmi

Toshkent shahrining Chilonzor tumanida ichki ishlar xodimlariga o`g`rilik haqida yolg`on axborot bergan erkak javobgarlikka tortildi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB ma`lum qildi.

«10 yanvar kuni soat 22:50 larda Chilonzor tumani Ichki ishlar boshqarmasiga fuqaro Xamidov Baxtiyor Shukurovichdan unga tegishli Matiz rusumli avtomashinasi tuman hududida olib qochilgani haqida habar kelib tushdi», — deyiladi axborotda.

Xabar asosida hodisa sodir bo`lgan joyga tergov-tezkor guruhi etib bordi.

O`tkazilgan tekshiruv natijasida B.Sh. Xamidovning boshqaruvida bo`lgan Matiz Chilonzor tumani S-mavzesi hududida qulflangan va soz holatda turgani, fuqaro mast holda bo`la turib, uning avtomashinasi olib qochilgani haqida yolg`on xabar bergani aniqlandi.

Holat yuzasidan B.Sh. Xamidovga nisbatan MJtKning 199-moddasi (maxsus xizmatlarni qasddan aldab chaqirganlik) bilan ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

    Boshqa yangiliklar