AsosiyJamiyat

Savob istaganlar uchun xayriya fondi

'Savob istaganlar uchun xayriya fondi'ning rasmi

Tahririyatimizga 2016 yil 14 iyun kuni Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida tug`ilgan Muslima Hamraqulovaning onasi murojaat bilan keldi.

— O`zim orzu qilgandek oilaga kelin bo`ldim, — deydi qizaloqning onasi. — Turmush o`rtog`im ham o`zim xohlagandek inson. Badavlat bo`lib hayot kechirmasak-da, bir-birimizni yaxshi tushunganimiz uchun oilada hamma baxtiyor. Birinchi farzandimiz o`g`il bo`ldi. Allohga shukr, to`rt muchasi sog`. 2016 yil qizimiz dunyoga keldi. Qaynota va qaynonam yaxshi niyatlar bilan qizimga kelajakda muslima, oqila ayol bo`lishini istab, Muslima deb ism qo`yishdi. Qizim chaqaloqligidan negadir juda ko`p yig`lab, injiqlanar edi. Kechalari yaxshi uxlamas, nimadandir bezovta bo`layotgandek edi. Buni aytish men uchun juda og`ir... Muslimaxon to`rt yarim oylik bo`lganida atrofdagi har xil tovushlarga befarq ekanini sezib qoldim. Gaplarimizga hech qanday harakatlar bilan javob qaytarmas edi. Shu kundan boshlab hayotim zulmatga aylandi. Nahotki

Qizaloqqa Respublika ixtisoslashtirilgan Pediatriya ilmiy-amaliy markazining LOR kasalliklari bo`limida "ikki tomonlama sensonevral eshitish zaifligi IV- daraja" tashxisi qo`yildi. Shifokorlar agar qizaloqda jarrohlik operasiyasi o`tkazilib, eshitish moslamasi (koxlear implant) qo`yilsa hamda surdopedagog muntazam shug`ullansa, Muslimaxon butunlay sog`ayib ketishini aytishmoqda. Mazkur implantning narxi 135 million so`mni tashkil qiladi.

Ammo, Muslimaning ota-onasining bunday mablag`ni yig`ishga qodir emas. Shu boisdan ular saxovatpesha, imkoni bor yurtdoshlaridan saytimiz orqali yordam so`rashga qaror qilishgan.

Shu sababli darakchi.uz tahririyati boy-badavlat hamyurtlarimiz, qolaversa, imkoni etguncha yordam berishni istaganlarga murojaat qilib, Muslimaxonning sog`ayib ketishiga hissa qo`shishga undaydi.

Xayriya qilmoqchi bo`lganlar uchun :

Plastik karta orqali (CLICK, PAYME)

8600 3329 5453 0261

Telefon raqami: +99894 369-43-79, (93)504-12-33

    Boshqa yangiliklar