AsosiyJamiyat

“Jahon” axborot agentligi o`rnida yangi media-markaz tashkil etiladi

'“Jahon” axborot agentligi o`rnida yangi media-markaz tashkil etiladi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Tashqi ishlar vazirligi faoliyatiga bag`ishlangan majlisda vazirlik huzuridagi “Jahon” axborot agentligi faoliyatini tubdan yangilanishi haqida gapirdi.

Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi “Jahon” axborot agentligi o`z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni to`liq bajara olmayapti. Shu munosabat bilan “Jahon” axborot agentligi negizida yosh, salohiyatli mutaxassislarni jalb qilgan holda, moliyalashtirish manbalari aniq bo`lgan va eng ilg`or texnika bilan jihozlangan zamonaviy media-markaz tashkil etish zarur, deb taklif kiritdi Prezident.

Bosh vazir o`rinbosari S.Xolmurodov bu masalaga mas`ul etib belgilanadi.

    Boshqa yangiliklar