AsosiyDunyo

“Shoushenkdan qochish”ni jonlantirgan “Oskar” mukofoti sohibi vafot etdi

'“Shoushenkdan qochish”ni jonlantirgan “Oskar” mukofoti sohibi vafot etdi'ning rasmi

Ikki karra “Oskar” mukofoti sohibi Terens Marsh 87 yoshida hayotdan ko`z yumdi, deya xabar bermoqda Novayagazeta.ru nashri.

Marsh 9 yanvar kuni vafot etgandi, lekin bu qayg`uli xabar ommaga sal kechroq e`lon qilindi. U umrining so`nggi to`rt yilini saraton kasalligi bilan kurashib o`tkazdi.

Terens Marsh 1931 yili 14 noyabrda London shahrida tavallud topgandi. U o`zining kinodagi karerasini o`tgan asrning 50-yillaridan boshlagan.

Marshni mashhur qilgan filmlar – o`sha mashhur “Shoushenkdan qochish” hamda “Yashil yo`lak” edi. Postanovkachi-rassom “Doktor Jivago” va “Oliver!” filmlari uchun ikki marotaba “Oskar” mukofotiga loyiq ko`rilgan.

    Boshqa yangiliklar