Bunday o`zgartirishlar va qo`shimchalar 9.01.2018 yildagi O`RQ-459-son Qonun bilan Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 47-moddasiga kiritildi. Bu haqda “Mening yurtim” telekanali “Markaziy studiyasi” boshlovchisi Sarvar Bahodirov xabar berdi.



Eslatib o`tamiz, MJtKning 47-moddasida 2 ta ma`muriy huquqbuzarlik ko`zda tutilgan:
ota-onalar yoki ularning o`rnini bosuvchi shaxslar tomonidan voyaga etmagan bolalarni tarbiyalash va ularga ta`lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik (shu jumladan voyaga etmagan bolalarning ma`muriy huquqbuzarlik sodir etishiga olib kelishi) – ya`ni Oila kodeksining (OK) 73-moddasida ko`zda tutilgan majburiyatlarni pisand qilmaslik;
bolalarning majburiy umumiy o`rta ta`lim, o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi olishiga ota-onalar yoki ularning o`rnini bosuvchi shaxslar tomonidan to`sqinlik qilish – ya`ni OKning 73-moddasini buzishda faol harakatlarni bajarish.






