10 aprel kuni Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markaziga yangi rahbar tayinlandi.
Endi DTM direktori lavozimini Ismailov Bahrom Mahmudovich o`rniga Ismoilov Jahongir G`ofurovich egallaydi, deya xabar beradi Pressnews nashri.
DTMning avvalgi rahbari Ismailov Bahromjon Mahmudovich 1953 yilda tug`ilgan. 1975 yil Moskva davlat universitetini tamomlagan. 2003 yil 28 martda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktori lavozimiga tayinlangan. Texnika fanlari doktori.