1

Bugun soat 16.00da O`zbekiston Turizmni rivojlantirish Davlat qo`mitasi jurnalistlar bilan onlayn muloqot o`tkazadi

Jamiyat 15.01.2018, 14:45
Bugun soat 16.00da O`zbekiston Turizmni rivojlantirish Davlat qo`mitasi jurnalistlar bilan onlayn muloqot o`tkazadi

O`zbekiston prezidenti matbuot xizmati tomonidan tashkillashtirilayotgan navbatdagi Press xoll mehmoni Turizmni rivojlantirish qo`mitasi raisi Aziz Abduhakimov soha oldida turgan ulkan rejalar haqida gapirib, jurnalistlarning savollariga javob berishi kutilmoqda.

Ilgariroq mahalliy OAVlarga bergan intervyusida bugungi kunda Aziz Abduhakimov bugungi kunda mamlakatda turizmni rivojlantirish yo`nalishida amalga oshirilayotgan ishlar haqida gapirib, bu borada 31 punktdan iborat dastur qabul qilinishini ma`lum qilgan.

Ma`lumotlarga ko`ra, xitoyliklar qalbiga — Farg`ona samoviy tulporlari haqidagi hikoyalar orqali, turklar qalbiga — ularning ajdodlari zamini haqida, yaponlar qalbiga esa — budda yodgorliklari va rossiyaliklar qalbiga mazali mevalar haqidagi hikoyalar orqali yo`l topish rejalashtirilgan.

Shuningdek, turizm elchilari instituti joriy etilishi kutilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1