1

JIZZAXDA 36 HARBIY OILAGA YaNGI UY BERILDI

Jamiyat 15.01.2018, 14:55
JIZZAXDA 36 HARBIY OILAGA YaNGI UY BERILDI

14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni o`n yildan buyon shartnoma asosida xizmat qilayotgan Po`lat Safarov va uning oilasi hayotida unutilmas sanalardan biri bo`ldi. Shu kuni uni do`stlari, yaqinlari yangi uy va bayram bilan qutladi.

Jizzax shahri markazida harbiy xizmatchilar oilalari uchun qurib bitkazilgan uch qavatli ikkita uyga ko`chib kirgan 36 harbiy oilaning barchasi uchun Vatan himoyachilari kuni qo`shaloq bayram bo`ldi. Yangi uy sohiblariga tashkilotchilarning sovg`alari ham topshirildi.

San`atkorlarning konsert dasturi tadbirni chinakam uy to`yiga aylantirdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1