1

Andijonda pasport-viza qoidalarini buzgan 161 nafar shaxs aniqlandi

Jamiyat 15.01.2018, 20:17
Andijonda pasport-viza qoidalarini buzgan 161 nafar shaxs aniqlandi

Andijon viloyati mehnat jamoalari, mahalla fuqarolar yig`inlari, ta`lim muassasalarida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida o`tkazilayotgan profilaktika tadbirlari yaxshi samara berayotir, deb yozadi O`zA.

Profilaktika tadbirlarida fuqarolarning pasport-viza, doimiy yoki vaqtincha yashash, yong`in, harakat xavfsizligi tartib-qoidalariga rioya etishlari nazoratdan o`tkazildi. Jumladan, viloyatdagi 14 ming 783 xonadon o`rganilganda pasport-viza tartib-qoidalarini buzgan 161 nafar shaxs aniqlandi. Ularga nisbatan tegishli choralar ko`rilib, bu kabi holatlarga yo`l qo`ymaslik yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.

Shuningdek, ichki ishlar idoralari profilaktik hisobida turgan 1774 nafar shaxs va ularning oila a`zolari hamda ov quroli bo`lgan 212 fuqaro bilan profilaktik suhbatlar o`tkazildi. Mulkiy turdagi jinoyatlarning oldini olish maqsadida aholi o`rtasida olib borilgan tushuntirish-targ`ibot ishlari natijasida 3 ob`ekt qo`riqlash pultiga ulandi, 8 ob`ektga videokuzatuv moslamasi o`rnatildi.

Yong`in xavfsizligi qoidalariga amal qilish, yong`inlar kelib chiqishining oldini olish maqsadida 227 ob`ekt nazoratdan o`tkazilib, 31 yong`in xavfsizligi qoidalarini buzish holati aniqlandi, ularga nisbatan belgilangan tartibda ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1