AsosiyJamiyat

18 yoshli haydovchi ikki ayolning o`limiga sabab bo`ldi

' 18 yoshli haydovchi ikki ayolning o`limiga sabab bo`ldi'ning rasmi

Toshkent shahri Olmazor tumani hududidan o`tuvchi Toshkent aylana xalqa yo`lida, “Maroqand” to`yxonasi ro`parasida 14 yanvar kuni taxminan soat 20:50da avtohalokat sodir bo`ldi. Bu haqda “Sof.uz xabar bermoqda.

Yunusobod tumanida istiqomat qiluvchi 18 yoshli Azimov Sardor Tohir o`g`li Spark avtomashinasida ikki piyodani urib yubordi.

Piyodalar 52 va 48 yoshli ayollar bo`lib, ular avtohalokat natijasida olgan jarohatlari tufayli Toshkent tibbiyot akademiyasiga olib borilgan vaqtda vafot etganlar.

Toshkent shahar IIBB avtohalokat TB tergovchisi tomonidan voqeani o`rganish jarayonida piyodalarni urib yuborgan haydovchi Azimov Sardorning haydovchilik guvohnomasi, mashinani boshqarishga doir qolgan hujjatlari hamda avtomashinaning hujjatlari bo`lmaganligi aniqlangan.

Shuningdek, tergovchi avtomashinaning tom qismi, oldi peshoynasi, kapoti va oldi pamferi ezilganini ham ma`lum qildi.

    Boshqa yangiliklar