AsosiySport

APL-34-tur. "Liverpul" "Manchester Siti"ni mag`lubiyatga uchratdi (VIDEO)

Kecha Angliya premer ligasining 34-tur uchrashuvlari bo`lib o`tdi.

Turning markaziy uchrashuvi  “Liverpul” hamda “Manchester Siti” klublari o`rtasidagi o`yin bo`ldi.

Chempionlik uchun kurash olib borayotgan ushbu klublar o`rtasidagi qiziqarli uchrashuvda “Liverpul” futbolchilari g`alaba qozonishdi.  Uchrashuvning 6-daqiqasida Sterling  hisobni ochgan bo`lsa, 26-daqiqada Shkrtel hisobni 2:0 ko`rinishiga olib keldi. Ammo, ikkinchi bo`limda “Man Siti” hisobni tenglashtirishga erishdi. Avvaliga 57-daqiqada Silva, so`ngra Glen Jonsonning avtogoli 2:2 hisobiga keltirdi. Shundan so`ng jamoalar ketma-ket hujumlar bilan almashishdi. 78-daqiqada esa “Liverpul”ning yosh, umidli futbolchisi Koutino gol kiritdi va jamoasiga juda ham zarur bo`lgan 3 ochkoni olib keldi.

Liverpul – Manchester Siti 3:2 (2:0, 1:2)
Gollar: 1:0 – Sterling (6), 2:0 – Shkrtel (26), 2:1 – Silva (57), 2:2 – Djonson (62, avtogol), 3:2 – Koutino (78).

Chempionlik uchun kurashayotgan “Chelsi” esa mehmonda “Suonsi” ustidan 0:1 hisobida ustun keldi.

Suonsi – Chelsi 0:1 (0:0, 0:1)
Gol: 0:1 – D.Ba (68). 

Arsenal – Vest Xem 
15 aprel, 22.45, «Emireyts» 

Manchester Yunayted – Xall 
6 may, 22.45, «Old Trafford»

Sanderlend – Everton 0:1 (0:0, 0:1)
Gol: 0:1 – Braun (75, avtogol). 

Kristal Pelas – Aston Villa 1:0 (0:0, 1:0)
Gol: 1:0 – Panchon (76). 

Stok Siti – Nyukasl 1:0 (1:0, 0:0)
Gol: 1:0 – Piters (42). 

Fulxem – Norvich 1:0 (1:0, 0:0)
Gol: 1:0 – Rodalega (40). 

Vest Bromvich – Tottenxem 3:3 (3:1, 0:2)
Gollar: 1:0 – Vdra (1), 2:0 – Brant (4), 3:0 – Sessenon (31), 3:1 – Olsson (34, avtogol), 3:2 – Keyn (70), 3:3 – Eriksen (90). 

Sautgempton – Kardiff 0:1 (0:0, 0:1)
Gol: 0:1 – Kala (65). 

Musobaqa jadvali

Liverpul 34-77

Chelsi 34-75

Manchester Siti 32-70

Everton 33-66

Arsenal 33-64

    Boshqa yangiliklar