Chorshanba kuni Ispaniya kubogi final uchrashuvida "Barselona" hamda Madridning "Real" klublari maydonga tushadi.
Pressnews.uz nashrining yozishicha, Ispaniya kubogi final uchrashuvi chorshanba kuni kechasi 17 aprel 00:30 dan boshlanib, Rossiyaning "Rossiya 2" va "Sport 1" telekanali orqali to`g`ridan-to`g`ri efirga uzatilishi rejalashtrilgan. O`zbekiston "Sport" teleradiokanali dasturiga esa chorshanba kuni 23:40 da "Interfutbol" ko`rsatuvi kiritilgan. Uning doirasida aynan qaysi uchrashuv uzatilishi noma`lum.
Eslatib o`tamiz, 24 mart kuni bo`lib o`tgan Ispaniya chempionati doirasidagi "El-klassiko" faqatgina "NTV+futbol 2" kanali orqali to`g`ridan-to`g`ri namoyish etilgan, biroq ushbu telekanalga ulanish imkoniyati hammada ham mavjud emas.