Toshkentda valyutafurush «Nodir» qo`lga olindi

Jinoyat 17.01.2018, 15:44
Toshkentda valyutafurush «Nodir» qo`lga olindi

2018 yilning 15 yanvar kuni Toshkent shahar Ichki ishlar Bosh boshqarmasiga fuqaro Umarov Baxodir Safarovich ariza bilan murojaat qilib, unda “Nodir” ismli shaxs valyuta qimmatliklarini qora bozor narxida qonunga xilof ravishda olish-sotish bilan shug`ullanib kelayotganligini bildirib, unga nisbatan qonuniy chora ko`rishni so`ragan.

Ushbu ariza asosida shu kuni Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan yuqorida ko`rmatilgan shaxsni qo`lga olish borasida tezkor tadbir o`tkazilib, uning natijasiga ko`ra soat 20:00larda, Olmazor tumani hududida G`aniev Nodirjon Abduxalilovich fuqaro B.S.Umarovga 7000 AQSh dollari miqdoridagi pullarni 57.750.000 so`mga noqonuniy ravishda sotgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan N.A.G`anievga nisbatan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan.

Arizachining anketa ma`lumotlari o`zgartirilgan bo`lib, familiya va ismlarning har qanday o`xshashligi tasodifiy harakterga ega.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1