O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining xabariga ko`ra, Farg`ona viloyatining Bog`dod tumanida 16 yanvar kuni soat 07.00 larda Shodlik ko`chasida yashagan M.T. va turmush o`rtog`i A.T. uyida propan gaz balonini isitish pechiga ulashda texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilmasliklari oqibatida pechdan sizib chiqqan is gazidan zaharlanishgan. M.T. voqea joyida va A.T. kasalxonaga keltirilganida vafot etganlar. Bu haqda “Xabar.uz” ma`lum qildi.
Shuningdek, Toshkent viloyatining Quyichirchiq tumanida yashovchi fuqaro uyida gaz pechini yoqish maqsadida gugurt chaqqan vaqtida xonaga to`planib qolgan gaz va havo aralashmasidan chaqnash sodir bo`lgan. Natijada uy egasi va uyida mehmonda bo`lgan qo`shnisi ham kuyish jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilganlar.






