AsosiySiyosat

AQShning O`zbekistondagi elchixonasi Qozog`iston fojiasi yuzasidan hamdardlik bildirdi

' AQShning O`zbekistondagi elchixonasi Qozog`iston fojiasi yuzasidan hamdardlik bildirdi'ning rasmi

Amerika qo`shma shtatlarining O`zbekistondagi elchixonasi Qozog`istonda ro`y bergan voqea yuzasidan hamkordlik izhor etdi.

Eslatib o`tamiz, bugun, 18 yanvar kuni Qozog`istonda yo`lovchi avtobusi yonib ketdi va oqibatda 52 kishi halok bo`ldi.

Qozog`iston IIV favqulodda vaziyatlar qo`mitasining xabariga ko`ra, O`zbekistondan Rossiyaga yo`l olgan avtobusda jami 57 nafar odam bo`lgan. Yong`in chiqqan paytda 5 nafari qochib, omon qolishga ulgurgan, qolgani voqea joyida halok bo`lgan.

«AQSh elchixonasi barcha amerikaliklar nomidan Qozog`istonda avtobus yonib ketishi oqibatida halok bo`lganlarning oilalariga chuqur hamdardlik bildiradi», — deyiladi elchixona sahifasida.

Boshqa yangiliklar