Shavkat Mirziyoev Surxondaryoga jo`nab ketdi

Siyosat 19.01.2018, 10:45
Shavkat Mirziyoev Surxondaryoga jo`nab ketdi

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoev joylarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishish, xalq bilan muloqot qilish maqsadida Surxondaryo viloyatiga jo`nab ketdi.

Surxondaryo viloyati 1941 yil 6 martda tashkil topgan. Aholisi soni 2 million 500 ming. Umumiy er maydoni 20,1 ming kvadrat kilometr. Viloyatda 280,8 ming gektar ekin maydoni mavjud. Shundan sug`oriladigan erlar – 240,9 ming gektar. Viloyat markazi – Termiz shahri. Viloyatdagi 13 ta tumanning har biri o`ziga xos salohiyatga ega. 24 yirik sanoat korxonasi, 60 qo`shma korxona, 11 mingdan ziyod kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ekti faoliyat yuritmoqda.

Prezidentimiz 2017 yil 10-11 fevral kunlari Surxondaryo viloyatiga tashrifi chog`ida ko`plab istiqbolli loyihalar bilan tanishgan va hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan zarur topshiriqlar bergan edi. O`tgan bir yilga yaqin vaqt mobaynida viloyatda qator sanoat loyihalari ishga tushirildi, aholi farovonligini oshirishga xizmat qiladigan ijtimoiy ob`ektlar foydalanishga topshirildi. Asosiysi, ko`plab yangi ish o`rinlari yaratildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1