AsosiySiyosat

O`zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri BMT Xavfsizlik kengashi yig`ilishida ishtirok etdi

'O`zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri BMT Xavfsizlik kengashi yig`ilishida ishtirok etdi'ning rasmi

Seshanba kuni O`zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov BMT Xavfsizlik kengashi a`zolarining oliy darajadagi “Ommaviy qirg`in qurollarini tarqatmaslik: ishonch choralari” mavzusidagi tadbirda ishtirok etdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar qildi.

Qozog`iston raisligi doirasida o`tkazilgan BMT Xavfsizlik kengashining tadbirida Qozog`iston Prezidenti Nursulton Nazarboev, BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish, Xavfsizlik kengashiga a`zo davlatlar delegasiyalari rahbarlari nutq so`zladi.

Eslatib o`tamiz, O`zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov amaliy tashrif bilan AQShda bo`lib turibdi.

    Boshqa yangiliklar